TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
buyuk's Blog
buyuk's Blog
Tarih fanidan test savollar

Avvalo hush kelibsiz!

Tarih fanidan test savollar! jami 105 ta

"Sadri Jahannam" laqabi kimga berilgan?
a)Sulton Horazmshoh
b)Sulton Abdulaziz
c)Sulton Jaloliddin

Halifa Volid qachon vafot etgan?
a)715
b)716
c)717

Sulton Muhammad otasining ismi?
a)Alouddin Takash
b)Otsiz
c)Sulton Sanjar

Qoraxitoylar davlatining poytahtini aniqlang?
a)Bolasog'un
b)Kat
c)Pekin

Qatvon cho'lidagi jang qachon bo'lib o'tgan?
a)1241
b)1141
c)1144

Germaniyada 1524-1525 yillardagi dehqonlar urushi jarayonida jang bo'lib o'tgan joyni ko'rsating. a) Vyursburg, Zolsburg, Myulxauzen
b) Ausburg, Memmingen, Myulxauzen
c) Ausburg, Shtutgart, Frayburg
d) Ausburg, Nyurenberg, Svikka
e) Shtutgart, Freyburg, Memmingen

--------------------------------------------------------------------------------

Buyuk Karlning hayot yo'lini yozgan muallifni toping a) Roland
b) Eyngard
c) Alkuin
d) Dizideriy
e) Pipin pakana

--------------------------------------------------------------------------------

"Shariat" tushunchasi nimani bildiradi? a) "to'g'ri bayon"
b) "to'g'ri yo'l"
c) "to'g'ri jamiyat"
d) "to'g'ri sharq"
e) "to'g'ri ish"

--------------------------------------------------------------------------------

Jo'ji ulusining qaysi qismida XIV asrda Oq Orda davlati tashkil topdi a) Janubida
b) Sharqida
c) G'arbida
d) Shimoliy-Sharqida
e) Shimoliy-G'arbida

--------------------------------------------------------------------------------

Protestaktlik cherkovini vujudga kelish sanasini aniqlang a) 1566 yil
b) 1519 yil
c) 1517 yil
d) 1012 yil
e) 1613 yil

--------------------------------------------------------------------------------

Buyuk Karl hukmronlik qilgan yillarni ko'rsating a) 741-758
b) 768-814
c) 744-777
d) 756-789
e) 740-768

--------------------------------------------------------------------------------

O'zbekiston hududida odamlarning paydo bo'lish davrini aniqlang a) mezolit
b) muste davri
c) o'rta paleolit
d) so'nggi paleolit
e) ilk paleolit

--------------------------------------------------------------------------------

Toshkent qaysi yili Qo'qon xonligi tarkibiga kirdi a) 1807 yilda
b) 1907 yilda
c) 1709 yilda
d) 1909 yilda
e) 1609 yilda

--------------------------------------------------------------------------------

Slavyanlarning osmon xudosi - bu : a) Gerun
b) Makosh
c) Svarog
d) Jiva
e) Dojd bog

--------------------------------------------------------------------------------

Levellerlarning dasturiy hujjatlari qanday atalardi a) "Kontitusiya"
b) "Yangi adolat qonuni"
c) "Ozodlik qonuni"
d) "Ozod respublika"
e) "Xalq kelishuvi"

--------------------------------------------------------------------------------

Angliyaning XVII asr boshlarida o'sha davrning buyuk davlatiga aylanishiga nimalar olib keldi? a) yirik ishlab chiqarishning rivojlanishi
b) manufakturalarning vujudga kelishi
c) mustamlakachilik bosqinlari
d) A, B, C
e) kuchli qirol hokimiyati

--------------------------------------------------------------------------------

Qadimgi tarihchilardan birining xabariga ko'ra podsholardan kim Baqtriyaga yurishga bosh bo'lgan? a) Xammurapi
b) Nin
c) Ashurbannipal
d) Sargon
e) Inaxerib

--------------------------------------------------------------------------------

Elbarsxon qaysi xonlikning asoschisi hisoblanadi a) Buxoroni
b) Qo'qon xonligini
c) O'g'izlarni
d) Xivani
e) Jung'orlarni

--------------------------------------------------------------------------------

Miloddan avvalgi 140-130 yillarda O'rta Osiyo tarixida ... a) Yuechji qabilalarining suquvi ostida Yunon - Baqtriya podsholigi quladi
b) Kushan davlatidan Rimga elchilar yuboriladi
c) O'rta Osiyo tarixida aktik davr boshlandi
d) Parfiya davlati tashkil topdi
e) Kanishkaning hukumronligi boshlandi

--------------------------------------------------------------------------------

Mo'g'ul-tatarlar Olomoun yaqinidagi qaysi davlatda bo'lgan jangda mag'lubiyatga uvhrashgan? a) Vengriyada
b) Polshada
c) Serbiyada
d) Chexiyada
e) Rusda

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi voqealar xronologik jihatdan ayni bir vaqtda sodir bo'lgan? a) Toshkentda Imomqulixonga qarshi qo'zg'olon va Moskvani Jinin va Pojarskiy boshchiligida polyaklardan ozod qilinishi
b) Toshkentda Abdullaxon II ga qarshi qo'zg'olon va Rossiyadagi Ryuriklar dinastiyasining tugashi
c) Xivada Arab - Muhammadhon madrasasining qurilishi va shvedlar bilan Stolbovo tinchlik bitimi
d) Qo'qon honligining tashkil topishi va Piterburgga asos solinishi
e) to'g'ri javob yo'q

--------------------------------------------------------------------------------

"Boburnoma" da qaysi shahar haqida shunday yozilgan: "Oshlig'i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumli yaxshi bo'lur. Movorounnahrda Samarqand va Kesh qo'rg'onidan so'ngra mundin ulug'roq qo'rg'on yo'qtur." Uch darvozasi bor. To'qqiz tarnov suv kirar a) Namangan
b) Toshkent
c) Qo'qon
d) Andijon
e) Buxoro

--------------------------------------------------------------------------------

Buxoro haqida yilnoma malumotlari birinchi marta nechanchi yili paydo bo'lgan a) 817
b) 819
c) 818
d) 820
e) 821

--------------------------------------------------------------------------------

Sharq mamlakatlari rivojlangan feodalizm davrini turli vaqtda boshdan kechirganlar. Yaponiyada feodal tuzum qachon rivojlanish yo'liga kirdi? a) VI asrning birinchi yarmi, VII asrda
b) IV-VI asrlarda
c) VIII asrning ikkinchi yarmida
d) IX-X asrlarda
e) XI-XIII asrlarda

--------------------------------------------------------------------------------

Florensiyada qaysi yili chempilar (yonlanma ishchilar) qo'zg'oloni bo'ldi? a) 1390
b) 1378
c) 1276
d) 1325
e) 1465

--------------------------------------------------------------------------------

Yevropa risarlarining Sharqqa qilingan so'nggi salb yurishlariga kim rahbarlik qildi? a) Rim papasi Innokentiy III
b) Rim papasi Urban II
c) Fransuz qiqoli Lyudovik XI
d) Fransuz marshali Villarduj-Shampanskiy
e) Fransuz qiroli Lyudovik IX

--------------------------------------------------------------------------------

Amirobod madaniyati qaror topgan vaqtni aniqlang a) miloddan avvalgi 6-5-mingyillikda
b) miloddan avvalgi 4-3-mingyillikda
c) miloddan avvalgi 10-8-asrlarda
d) miloddan avvalgi 2-mingyillikda
e) miloddan avvalgi 12-9-asrlarda

--------------------------------------------------------------------------------

Boburning "Boburnoma" sini kim davom ettirdi va bu asar qanday nomlanadi a) Uning qizi Gulbadanbegim "Xumoyunnoma"
b) Uning o'g'li Komron "Hayotnoma"
c) Uning qizi Gulbadanbegim "Boburnoma"
d) Uning o'g'li Asqariy "Xumoyunnoma"
e) Uning qizi Gulchehrabegim "Zafarnoma"

--------------------------------------------------------------------------------

Dunyo tajribasida kim birinchi bo'lib unvon va darajalar jadvalini joriy etgan? a) Abdullaxon
b) Ivan Grozniy
c) Amir Temur
d) Shayboniyxon
e) Pyotr I

--------------------------------------------------------------------------------

Littlar - bu : a) qullar
b) erkin jamoachilar
c) zodogon jamoachilar
d) yarim jamoachilar
e) qabila boshliqlari

--------------------------------------------------------------------------------

Rafaelning mashhur "Sikstina Madonnasi" rasmi hozirgi vaqtda qayerda saqlanadi? a) Bukingem saroyida
b) Luvrda
c) Rus muzeyida
d) Drezden galereyasida
e) Piterburg Ermitajida

--------------------------------------------------------------------------------

Janubiy Amerikani ispanlar tomonidan mustamlaka qilishining ikkinchi oqimi qanday yo'llar bilan bordi? a) Molukka orollaridan"Yaxshi Umid" burnigacha
b) Meksika qo'ltig'i sohillaridan Tinch okeani qirg'oqlarigacha
c) Gaiti orolidan Atlantika okeani qirg'oqlarigacha
d) Panamadan janub tomon Tinch okeanining Amerika sohillarigacha
e) to'g'ri javob yo'q

--------------------------------------------------------------------------------

Al Xorazmiyning muhim asarlari qaysi bilimlar sohasiga bag'ishlangan a) Falsafaga
b) Astromiyaga
c) Adabiyotga
d) Iqtisodga
e) Matematikaga

--------------------------------------------------------------------------------

Buyuk Fransuz inqilobi davrida kim tamonidan qo'shiq so'zi va musiqasi yozilib kelgusida u Fransiyaning milliy gimni (madhiyasi) ga aylandi a) Onore De Mirabo
b) Robespiyer
c) Luis Danton
d) Ruje De Lil
e) Jan Pol Marat

--------------------------------------------------------------------------------

Paleolit davriga mansub Uchtut manzili qayerda joylashgan? a) Farg'ona vodiysida
b) Toshkent viloyatida
c) Buxoro viloyatida
d) Surxandaryo viloyatida
e) Ustyurt platosida

--------------------------------------------------------------------------------

Allod - bu : a) dehqonlarning xususiy mulki
b) jamoa mulki
c) konunglarning mulki
d) sardorlar mulki
e) qo'shnichilik jamoasi mulki

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi voqealar bir vaqtda sodir bo'lgan? a) Angliyani birlashishi va Dandanaxon jangi
b) Gotlar tomonidan Rimni zabt etilishi va shaharlarning Kidar boshchiligida O'rta Osiyoni istilo qilishi
c) Suy sulolasini tashkil topishi va Turk hoqonligini vujudga kelishi
d) Birinchi Bolgariya podsholigiga asos solinishi va arablarning Farg'ona vodiysini bosib olinishi
e) Chexiyani tashkil topishi va Qorahoniylar davlatining barpo bo'lishi

--------------------------------------------------------------------------------

Korinf va Karfagenni qayta qurishni kim taklif etgan? a) Krase
b) Konstantin
c) Trayan
d) Sezar
e) Neron

--------------------------------------------------------------------------------

Kushan podsholigi davriga oid yunon alfavitidagi yozuvlar... a) Zarafshon vouiysidan topilgan
b) Afg'onistonning Qunduz yaqinidagi Surx-Ko'taldan opilgan
c) Xorazim hududidagi Oybuyirqala shahar xarobasini qazish vaqtida topilgan
d) Eski Termizning Fayoztepa xarobasidan topilgan
e) Erqo'rg'on shahar xarobasidan topilgan

--------------------------------------------------------------------------------

Arablar yerning dumaloqligi, uning torishish qonuniyati va yerning o'z o'qi atrofida aylanishi kabi ilmiy kashfiyotlarni kimlardan olganganlar? a) rimliklardan
b) hindlardan
c) xitoyliklardan
d) toponlardan
e) shumerliklardan

--------------------------------------------------------------------------------

Nima uchun islom huquqini to'g'ri tushunish va rioya qilish X-XII asrlarda muhim ijtimoiy zaruratga aylandi 1) Sharqda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi 2) Movarounnahrda fanning gurkirab rivojlanishi ro'y berayotgan edi 3) Mazkur davr mutaffakirlarining faoliyati 4) Markazlashgan davlatlarni mustahkamlash zarurati 5) Oilaviy va ijtimoiy munosabatlarga tegishli ko'pdan-ko'p muammolarni hal etishga ehtiyoj 6) Savdo masalasini yo'lga qo'yish lozimligi, jinoyat va jazo, qarzdorlik va insoning masuliyati a) 1,2,3,5
b) 2,3,4,5
c) 3,4,5,6
d) 1,2,3,4
e) 2,4,5,6

--------------------------------------------------------------------------------

Buyuk Mo'g'ullar imperiyasi necha yil hukm surdi a) 232 yil
b) 532 yil
c) 352 yil
d) 332 yil
e) 233 yil

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi podsho davrida Iyerusalimda ibodatxona bunyod etilib,unung qurilishiga yog'ochni Tirdan keltirilib, devori kedr yog'ochidan,poli esa sarv daraxti taxtasidan qurilgan edi? a) Sulaymon davrida
b) Dovud davrida
c) hamma javoblar to'g'ri
d) Samson davrida
e) Saule davrida

--------------------------------------------------------------------------------

O'zining "Siyosiy vasiyat"ida "Mening birinchi maqsadim qirolning buyukligi, ikkinchi maqsadim qirollikning buyukligini ta'minlash bo'lgan" deb yozgan jumla qaysi davlat arbobiga tegishli? a) Rishelyega
b) Mazariniga
c) Bismarkka
d) Cherchilga
e) Chemberlenga

--------------------------------------------------------------------------------

Kir II tamonidan O'rta Osiyo Viloyatlarini bosib olinishining xronologik jihatdan ketma-ketligi to'g'ri ko'rsatilga javobni ko'rsating a) Sug'diyona, Baqtriya, Marg'iyona
b) Massagetlarning yerlari, Xorazim, Baqtriya
c) Marg'iyona, Xorazim, Sug'diyona
d) Parfiya, Sug'diyona, Baqtriya
e) Parfiya, Marg'iyona, Baqtriya

--------------------------------------------------------------------------------

Skunxa qanday odam a) Baqtriya hukmdori
b) Marg'iyona qabilalarining birini boshlig'i
c) Sug'diyona hukmdori
d) Doro I ga qarshi kurashgan saklarning yo'lboshchisi
e) Baqtriya qo'zg'olonchilarining yo'lboshchisi

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi xon davrida Buxoroda madrasa qurilib, uning o'zi unda tibbiyot bo'yicha maruza o'qigan a) Nodirmuhammad
b) Valimuhammadxon
c) Imomqulixon
d) Subxonqulixon
e) Boqimuhammadxon

--------------------------------------------------------------------------------

1018 yili Vizantiya Vasilevsk (imperatori) Vasiliy II ... a) Yangi sulolaga asos soldi
b) Kiyev Rusi bilan urush boshladi
c) Bolgarlar bi;an ittifoq tuzildi
d) Salb yurishlarda qatnashdi
e) Vizantiyaga Bolgariya podsholigini qo'shib oldi

--------------------------------------------------------------------------------

Niderlandiya dengiz gyozlari ispanlar qo'lidan tortib olib, egallagan shaharni ko'rsating. a) Deventer
b) Amsterdam
c) Bril
d) Antverpek
e) Kaltek

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi bir olim Avestoning ayrim qismlarini dastlab tarjima qilgan? a) M. Boys
b) A. Dyuperrok
c) V. Tari
d) K. Rixtgofen
e) G. Shliman

--------------------------------------------------------------------------------

Kamoliddin Binoiyning asarini aniqlang a) "Nusratnoma"
b) "Zafarnoma"
c) "Abdullanoma"
d) "Sharofnoma"
e) "Shayboniynoma"

--------------------------------------------------------------------------------

Qadimgi Rimda hammomlar qanday atalgan? a) "pantifiklar"
b) "bazilika"
c) "termalar"
d) "kagortlar"
e) "ekologlar"

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi qadimiy shaharni "konlar shahri" deb atashgan? a) Rimni
b) Nineviyani
c) Fivani
d) Troyani
e) Spartani

--------------------------------------------------------------------------------

XV-XVI asrlardagi O'rta Osiyo tarixining muhim hisoblangan "Inson xabarlari va fardlarida o'stning tarjimai xoli" deb nomlangan yirik tarixiy asar mualifini ko'rsating a) Mirxond
b) Xondamir
c) Bobur
d) Bedil
e) Durbek

--------------------------------------------------------------------------------

Nima uchun Fatg'ona vodiysida XVIII asrda Toshkent vohosiga nisbatan aholi ko'proq zich joylashgan edi 1) Toshkent vohasida serhosil yer yetishmasligi bilan bog'liq edi 2) Bu narsa Farg'ona aholisining ko'p millatliligi bilan bog'liq edi 3) Farg'ona vodiysidagi seraholilikka Buxoro xonligidagi (XVIII asrning birinch yarimidagi) notinchlik yordam berdi 4) Toshkent yerlariga jung'orlarning xujumi sabab bo'ldi 5) Farg'ona o'zining geografik jihatdan alohidalik xususiyati natijasida notinchlikdan kam ziyon ko'rishi va qochoqlarning bu yerlarga intilishi a) 1,2
b) faqat 5
c) 3,4,5
d) 1,2,5
e) faqat 3

--------------------------------------------------------------------------------

Erkin shaharlar va shahar respublikalarni paydo bo'lishini o'rta asrlarning qaysi davriga kiritish mumkin? a) ikkinchi
b) uchinchi
c) birinchi
d) uchinchi davr boshlari
e) uchinchi davr oxiri

--------------------------------------------------------------------------------

Farg'ona hududida o'troq ziroatchilarning dastlabki manzilgohlari qachon vujudga keldi? a) miloddan avvalgi 3-mingyillikning o'rtalarida
b) mil.avv. 2-mingyillikning boshlarida
c) mil.avv. 4-mingyillikda
d) mil.avv. 1-mingyillikning o'rtalarida
e) mil.avv. 2-mingyillikning oxirida

--------------------------------------------------------------------------------

O'rta asrlarda Buxoro arkiga kirish oldidagi maydon nima deb atalgan a) Pol Kalon
b) Attarok
c) Registon
d) Arslon
e) Chaydon

--------------------------------------------------------------------------------

O'rta asrlar ibodatxonasi haqida so'z yuritib, go'yo u shahar ustidan parvoz qilishga shaylangan, dengiz to'lqinlari uzra "oltin zanjirda osmonu falakdan tushirilgan" kema kabidir deya e'tirof qilingan. Bu : a) Ajantdagi ibodatxona
b) Chechen-Ina ibodatxonasi
c) Muqaddas Pavel cherkovi
d) Muqaddas Sofiya ibodatxonasi
e) Parij xudo onasi (Bibi Maryam) ibodatxonasi

--------------------------------------------------------------------------------

Fransiya qirollarining qasri bo'lmish Luvr Parijning markazida joylashgan. Uning qurilishi boshlangan edi: a) 1424 y.
b) 1302 y.
c) 1204 y.
d) 1235 y.
e) 1564 y.

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi davlat hukmdori qoraxoniylar davlatiga 1212 yili so'ngi zarbani beradi a) G'aznaviylar
b) Qoraxitoylar
c) Samaniylar
d) Qoraxitoylar
e) Xorazmshohlar

--------------------------------------------------------------------------------

XVI asrda Buxoro xoni Ubaydulla Xorazimni necha qisimga bo'ldi a) Ikki
b) Besh
c) To'rt
d) Uch
e) Olti

--------------------------------------------------------------------------------

Quyida sanab o'tilgan tragic p'yessalarning qaysi biri Angliyalik mashhur dramaturg Vilyam Shekspir qalamiga mansub emas? a) "Makbet"
b) "Shoh Edip"
c) "Otello"
d) "Gamlet"
e) Yuliy Sezar

--------------------------------------------------------------------------------

"Eneida" poemasining muallifi kim a) Sofokl
b) Vergiliy
c) Lukresiy
d) Gesiod
e) Aristofok

--------------------------------------------------------------------------------

Fransiyaning xalq qahramoni Janna d'Ark nechanchi yil qatl etilgan? a) 1435 y.
b) 1431 y.
c) 1456 y.
d) 1453 y.
e) 1312 y.

--------------------------------------------------------------------------------

AQShning mustaqillik uchun kurashi (1773-1776.yillar) davomida qanday muhim muammo hal etilmadi a) Qulchilik yo'q qilinmadi
b) Angliyalik lord va qirollarning yerlari musodara qilinmadi
c) Rivojlanayotgan sanoat uchun bozor yaratilmadi
d) Shimoliy Amerika hududlarining kolonial qaramlik masalasi hal etilmadi
e) Xususiy mulk elon qilinmadi

--------------------------------------------------------------------------------

Ma'lumki Fransiyadagi General shtatlar uchta palatadan iborat bo'lgan. Birinchi palatada kimlarning vakillari majlis qilganlar? a) dvoryanlar
b) feodal aslzodalar
c) oliy ruhoniylar
d) shaharliklar
e) dehqonlar

--------------------------------------------------------------------------------

Turkiy qabilalar sardorlari qanday unvonlar bilan yuritilgan a) Ular urug'i yashaydigan joy nomi bilan
b) Ularning urug'i totemi nomi bilan
c) Ularning qabilasi qo'shilgan qabilalar ittifoqi nomi bilan
d) Ular qarorgohi joylashgan joy nomi bilan
e) Ularning urug'i qo'shilgan qabila nomi bilan

--------------------------------------------------------------------------------

"Oq o'rda" qaysi davrda tashkil topdi a) XV asr boshlarida
b) XIV asr boshlarida
c) XIV asr o'rtalarida
d) XV asr oxirlarida
e) XVI asrda

--------------------------------------------------------------------------------

Mashhur Tagiskek maqbarasi qaerda joylashgan a) Amudaryoning quyi oqimida
b) Zarafshonning quyi oqimida
c) Qashqadaryoning quyi oqimida
d) Sirdaryoning quyi oqimida
e) Murg'obning quyi oqimida

--------------------------------------------------------------------------------

Yuliy Sezarning "Galliya urushi haqidagi sharhlar" kitobida kimlarning tarixi haqida boy materiallar berilgan? a) rimliklarning
b) gallarning
c) franklarning
d) qadimgi germanlarning
e) varvarlarning

--------------------------------------------------------------------------------

Tosh asrning arheologik yodgorligi bo'lgan Obirahmat qayerda joylashgan? a) Surxandaryo viloyatida
b) Buxoro viloyatida
c) Farg'ona viloyatida
d) Toshkent viloyatida
e) Sirdaryo viloyatida

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi yili Afg'oniston mustaqil milliy davlat bo'ldi? a) 1747 yili
b) 1736 yili
c) 1773 yili
d) 1722 yili
e) 1761 yili

--------------------------------------------------------------------------------

O'rta Osiyoning o'rta asr shaharlarida hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish to'plangan joyi asosan 1) Shaharlar hukumdorlari saroylarida 2)Hunarmandlarning uyidagi ustaxonalarda 3) Shahar maydonlarida 4) Shahar bozorlarida 5) Shahar arkida a) 1,2,3
b) 3,4,5
c) 1,3,5
d) 2,3
e) 2,4

--------------------------------------------------------------------------------

Amir Temur kimni o'zining vorisi qilib belgilagan a) Shohruhni
b) Pir-Muhammadni
c) Mirhaydar Sultoni
d) Mirzo Ulug'bekni
e) Mirotiohni

--------------------------------------------------------------------------------

Xunarmandchilikning rivojlanishi natijasida shoyi va bo’z to’qish qaysi sshaxarda ixtisoslashdi ? a) Chust va Xisorda
b) Marg’ilon va Buxoroda
c) Urgutda
d) Buxoroda

--------------------------------------------------------------------------------

Chingizxonning shaxsiy gvardiyasi qanday nomlangan a) Navkar
b) Keshik
c) Yason
d) Yabg'u
e) Manchlay

--------------------------------------------------------------------------------

Somoniylarning qanday boshqaruv organi (devoni) moliya ishlariga javob beradi a) Devonbegi
b) Musmavfiy
c) Mushrif
d) Vazirlar devoni
e) To'gri javoblar A va C

--------------------------------------------------------------------------------

Angliyaning XVII asrda rivojlanishiga muhim omillardan biri bo'lgan narsa nima? a) Yevropada ro'y bergan diniy mojaro va urushlarga uning aralashmasligi
b) monarxik qirol hokimiyatining mavjudligi
c) Angliya cherkovining vujudga kelishi
d) yirik zamindor lendlordlarning
e) A va C

--------------------------------------------------------------------------------

Qanday voqea Yaevropada ilk bor erkin bozor iqtisodining rivojiga yo'l ochdi? a) Buyuk Fransuz inqilobi
b) Yuz yillik urush
c) Niderlandiya burjua inqilobi
d) Rossiyadagi 1917 yilgi fevral inqilobi
e) 1989 yilgi Angliya burjua inqilobi

--------------------------------------------------------------------------------

1500-1509 yillarda Shayboniylar davlatiga qaysi hududlar kirgan? a) Dashti Kipchoq, movarounnahr, Xuroson
b) Movarounnahr, Xorazm, Xuroson
c) Faqat Dashti Qinchoq
d) Yettisuv, Movarounnahr, Xuroson
e) A va B

--------------------------------------------------------------------------------

Benefisiy - bu : a) xizmatlar uchun vaqtinchalik xadya
b) xizmat uchun berilgan in'om
c) cherkov yerlari
d) feodal yerlari
e) davlatyerlari

--------------------------------------------------------------------------------

Ishlab chiqishning qaysi tarmog'da sanoat to'ntarishi boshlandi a) Metallurgiyada
b) Tog'-kon sanoatida
c) Yengil sanoatda
d) Qishloq xo'jaligida
e) Og'r sanoatda

--------------------------------------------------------------------------------

Buyuk davlat arbobi bo'lgan Bobur yaxshi sarkarda bo'lib, shayboniylardan jang qilishda qanday taktikasini qabul qilgan a) Kerak bo'lgan paytda o'q otar qurollaridan foydalanishi
b) Piotirma taktikasini
c) Orqa tomondan zarba berish
d) Otliqlardan foydalanish
e) Hamma javoblar to'g'ri

--------------------------------------------------------------------------------

Guechilar harakati tasirida qo'zg'olon qamrab olingan rayonlarni aniqlang a) Lyubek, Leypsig, Konstansa
b) Drezden, Lipana, Brno
c) Vena, Praga, Jates
d) Magdeburg, Baber, Gdansk
e) To'g'ri javob yo'q

--------------------------------------------------------------------------------

Ko'rsatilgan marshtrutlar orasida arablarning Movarounahrga qilgan birinchi yurishlarini aniqlang a) Buxoro, Nahshob
b) Kesh, Poykend
c) Nahshob, Kesh
d) Nahshob, Samarqand
e) Poykend, Buxoro

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi voqealar bir yilda sodir bo'lgan? a) Ost-Indiya kompaniyasiga solinishi, Sherdor madrasasining qurilishi
b) 30 yillik urushning boshlanishi, Ivan Xoxlovning Xivaga tashrifining tugashi
c) Vasko da Gama nomidan Hindistonga dengiz yo'lining ochilishi, Shayboiyxonning Samarqandni egallashi
d) Ispaniya "Yengilmas armada"sining Angliyaga yurishi, Toshkentda Abdullaxonga qarshi qo'zg'olon
e) Germaniyada reformasiyaning boshlanishi, Boburning Farg'ona hukmdori deb e'lon qilinishi

--------------------------------------------------------------------------------

1787 yildagi AQSh Konstitutsiyasiga binoan ijroiya hokimiyatga kim rahbarlik qilgan? a) Kongressning quyi palatasi
b) Kongressning yuqori palanasi
c) Kongress
d) Prezident
e) Bosh minister

--------------------------------------------------------------------------------

Arabcha "istilo" so'zi tarjimada qanday tushuncha ma'nosini bildiradi? a) Mustamlakachilarga qarshi diniy urush shakli
b) soliq to'lanmaydigan mulk
c) Hindistondagi yirik yer egasi
d) musulmon mamlakatlaridagi oily amaldorlik lavozimi
e) bo'ysundirish, bir mamlakatni boshqa mamlakat tomonidan egallanishi

--------------------------------------------------------------------------------

XVI - XVII asrlarda Fransiyadagi oliy boshqaruv organi qanday atalgan? a) Senat
b) General shtatlar
c) Sinod
d) Oliy yig'ilish
e) Parlament

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi yili Napoleon Fransiyani imperiya, o'zini esa imperator, deb elon qildi a) 1805 yil
b) 1804 yil
c) 1789 yil
d) 1802 yil
e) 1814 yil

--------------------------------------------------------------------------------

XVI asr boshlarida Dashti Qipchoqdan ko'chmanchi qabilalarning Xorazmga kelib joylashish jarayonining kuchayishi natijasida a) Qo'shni davlatlar hisobidan xonlik chegaralari kengaydi
b) Xiva xonining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi
c) Hamma javoblar to'g'ri
d) Xiva xonligining siyosiy chegaralari shakllandi
e) A,B,C to'g'ri

--------------------------------------------------------------------------------

Qaysi hukmdor davrida XV asrda Xurosondagi siyosiy-iqtisodiy hayot barqarlashdi? a) Muzaffar Husay davrida
b) Abusaid davrida
c) Abdullatif davrida
d) Xusayn Bayqaro davrida
e) Abulqosim Bobur davrida

--------------------------------------------------------------------------------

476 yili Rimning varvar sarkardalaridankim isyon ko'tarib, oxirgi imperator Romul Avgustulni Neapol yaqinidagi yer - mulkka surgun qilgan? a) Atilla
b) Odoakr
c) Teodorix
d) Aldarix
e) Oton

--------------------------------------------------------------------------------

Temuriylar davlatining Xuroson va Movarounnahrga uzil-kesil ajralishi qaysi yili ro'y berdi a) 1464 yil
b) 1459 yil
c) 1478 yil
d) 1469 yil
e) 1460 yil

--------------------------------------------------------------------------------

1848 yilgi Fransuz inqilobining mag'lubiyati sabablarini aniqlang 1) Ishchilar uyushmagan edilar 2) Ishchilar yetakchilarning sotqinligi 3) Dehqonlarning ishchilarga nisbatan dushmanlik munosabati 4) Ishcilarning kamsonliligi va yomon qurollanganligi 5) Siyosiy partiyaning bo'lmaganligi 6) Ishchilar o'rtasida kelishmovchilik a) 1,6,5
b) 3,4,6
c) 2,5,6
d) 1,2,5
e) 1,3,5

--------------------------------------------------------------------------------

XVI asrda qaysi shaharda Shayboniyxon va Abdurahim Sadr madrasalari qurildi a) Samarqandda
b) Buxoroda
c) Samarqand va Buxoroda
d) Toshkentda
e) Xirotda

--------------------------------------------------------------------------------

Grenlandiyani birinchi bo'lib ochgan vikingni nomini ko'rsating. a) Sigurd Zolim
b) Baxtli Leyv
c) Erik Jasur
d) Erik Malla
e) Buyuk Odin

--------------------------------------------------------------------------------

Misteriya teatri ilk bor qaysi mamlakatda vujudga kelgan? a) Gresiyada
b) Fransiyada
c) Angliyada
d) Rossiyada
e) Italiyada

--------------------------------------------------------------------------------

O'rta Osiyoda birinchi tangalarning tarqalishi qaysi asrga taalluqli a) milodning 3 asriga
b) mil.avv. 17 asrga
c) milodning 1 asriga
d) mil.avv. 3 asrga
e) mil.avv. 5-4 asrlarga

--------------------------------------------------------------------------------

O'rta asrlarda qaysi mamlakatlar Ost-Indiya deb atalgan a) Karib dengizi orallari
b) Lotin Amerikasida joylashgan mamlakatlar
c) Hind okeanidagi orollar
d) Hindiston yarim orolida joylashgan mamlakatlar
e) Hindiston

--------------------------------------------------------------------------------

Yevropaliklarning Nyu-York o'rnida asos solgan kaloniyasi nima deb atalar edi? a) Yorksiti
b) Yangi Orlean
c) Manxetten
d) Yangi Amsterdam
e) Granbil

--------------------------------------------------------------------------------

Sanab o'tilgan O'rta Osiyo olimlaridan kim Mamun xaritasini tuzishda ishtirok etdi a) Mirzo Ulug'bek
b) Al Xorazmiy
c) Ibn Sino
d) Juvayniy
e) Al Farobiy

--------------------------------------------------------------------------------

Hindistonga uyushtirilgan ikkinchi Portugaliya ekspedisiyasiga kim bosh bo'ldi? a) Pisarro
b) Bilbao
c) Kortes
d) Xuan Kabral
e) Vasko da Gama

--------------------------------------------------------------------------------

Arab xalifaligini poytahti bo'lgan va ikki nom bilan atalgan shaharni ko'rsating a) Kermon
b) Nijoz
c) Yasrib
d) Makka
e) Sila


Siz ushbu testlarni ishlab bo'lganingizdan so'ng javoblarini Buyuk@doda.uz e-mailiga jo'nating! hammasini to'g'ri topganga sovg'a bor!



October 24, 2006 | 8:16 AM Comments  0 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Azimjon Yusupov's Profile


Latest Posts
Tarih fanidan test...

Monthly Archive
October 2006

Change Language


Filter By Type
News


1248 views
Important Disclaimer